Asosiy mazmunga o‘tish
39A Qori Niyoziy Street, Tashkent, Uzbekistan info@ifar.uz EN UZ
FATI FATI

Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti 2027-yil uchun doktorantura, tayanch doktorantura va stajyor-tadqiqotchilikka qabul e'lon qiladi

15 Sen 2026

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti (FATI) 2027-yil uchun oliy ta'limdan keyingi ta'limga qabul e'lon qiladi.

Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutiga 9 ta ixtisoslik bo'yicha jami 33 ta o'rin ajratilgan bo'lib, ushbu o'rinlar fan doktori (DSc) uchun 4 ta, falsafa doktori (PhD) uchun 22 ta, stajyor-tadqiqotchi uchun 7 ta kabi belgilangan.
Kvotalar jadvali:
Ixtisoslik shifri va nomiDScPhDStajyor-tadqiqotchiJami
101.03.01 — Astronomiya-4-4
201.04.02 — Nazariy fizika1416
302.00.04 — Fizik kimyo1416
403.00.04 — Mikrobiologiya va virusologiya1214
503.00.12 — Biotexnologiya-112
605.01.03 — Informatikaning nazariy asoslari-112
705.01.07 — Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui1214
805.01.11 — Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt-2-2
911.00.05 — Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish-213
Jami422733
Talablar:
  1. Tayanch doktorantura va stajyor-tadqiqotchilik uchun: magistr darajasi yoki oliy ma'lumot to'g'risidagi diplom, tanlangan ixtisoslik bo'yicha kamida 2 ta ilmiy maqola yoki tezis, chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat ixtisoslikka ko'ra B1 yoki B2 (va undan yuqori) daraja bo'lishi lozim.
  2. Doktorantura uchun: falsafa doktori ilmiy darajasi, ixtisoslik bo'yicha chop etilgan ilmiy ishlar, tadqiqot mavzusi bo'yicha doktorlik dissertatsiyasi rejasining loyihasi.
Hujjatlar ro'yxati:
  1. Ariza
  2. Pasport (yoki ID karta) nusxasi
  3. Diplom va unga ilova nusxasi
  4. Mehnat daftarchaning tasdiqlangan nusxasi
  5. Qisqacha biografik ma'lumot (obyektivka)
  6. Chop etilgan ilmiy ishlar ro'yxati va nusxalari
  7. Chet tili sertifikati nusxasi
  8. Tanlangan mavzu bo'yicha tadqiqot rejasi
E'lonlar