Ortiqboyev Dilmurod Zokir o‘g‘lining fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
27 Okt 2026
Ortiqboyev Dilmurod Zokir o‘g‘lining 01.03.01 – “Astronomiya” va 01.04.02 – “Nazariy fizika” ixtisosliklari bo‘yicha “Modifikatsiyalangan gravitatsiya nazariyalarida qora o‘ralarning energetik jarayonlari va kuzatuv belgilari” mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 4-noyabr kuni soat 16:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.Manzil: 100000, Toshkent shahri, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39A-uy. “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti. Tel.: (+99871) 237-09-45, faks: (+99871) 237-38-79 E-mail: info@ifar.uz