Ilm-fan qahramonlari - yosh avlodga namuna
16 Noy 2026

Uchrashuvda TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti professorlari Ahmadjon Abdujabbarov va Sanjar Shaymatov hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti professori Farruh Atamurotov ishtirok etdilar.
Dunyoning eng nufuzli olimlari TOP 2 foizlik ro‘yxatidan joy olgan ushbu olimlar fizika, astronomiya va zamonaviy astrofizika sohalaridagi ilmiy izlanishlari hamda xalqaro ilmiy faoliyatdagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga olimlardan batafsil javob oldilar.
Mazkur uchrashuv yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni zamonaviy tadqiqotlarga jalb etish va xalqaro ilmiy yutuqlar sari ruhlantirishga xizmat qildi.
