Prezident Administratsiyasi ta’lim islohotlari bo‘yicha rahbar o‘rinbosari Ilhom Sirojev hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida biz mehmonlarni institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan yaqindan tanishtirdik. Xususan, quyidagi yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlarimiz taqdimot qilindi:
Plazma qishloq xo‘jaligi;
Suvni tozalashda plazmadan foydalanish;
Onkologiyada plazmani qo‘llash;
Qishloq xo‘jaligi uchun bioo‘g‘itlar ishlab chiqish;
Nanokompozit materiallar sintezi;
2D materiallar va ularning istiqbolli tatbiqlari;
Vodorod texnologiyalaridagi tatbiqlar.
Bunday tashriflar ilmiy salohiyatimizni namoyish etish, ustuvor ilmiy yo‘nalishlarni belgilab olish hamda milliy taraqqiyotda fan va innovatsiyalarning o‘rnini mustahkamlash uchun muhim ahamiyatga ega.