Mustaqillikning 35 yilligi muborak bo'lsin
01 Sen 2026
Aziz yurtdoshlar, barchangizni Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Mustaqillik — xalqimiz uchun eng oliy ne’mat, erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. Bugungi murakkab geosiyosiy jarayonlar va global o‘zgarishlar davrida milliy birdamlik, o‘zaro hurmat va Vatan ravnaqi yo‘lida hamjihat bo‘lib harakat qilish har qachongidan ham muhimdir.
Ayniqsa, shunday davrda ilm-fanni rivojlantirish, har bir muammoga ilmiy yondashish, zamonaviy bilim va texnologiyalarni egallagan salohiyatli yosh kadrlarni tayyorlash oldimizdagi eng muhim vazifalardan biridir. Chunki mustahkam kelajak — ilmli, tafakkurli va Vatan taqdiriga befarq bo‘lmagan avlod qo‘lidadir.
Mustaqillik va hurlik — bebaho ne’mat. Uni asrash, yanada mustahkamlash va kelajak avlodlarga munosib tarzda yetkazish har birimizning muqaddas burchimizdir.
Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, Vatanimiz ravnaq topib boraversin!
Barchangizga Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!
Barcha yangiliklarga qaytish
Barchangizga Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!