APCOPTS 5-konferensiyasi bo'lib o'tmoqda.
Konferensiya va seminarlar 13 Sen 2026
Direktor konferensiyada ishtirok etmoqda va u quyidagilarni ma'lum qiladi:
«12-sentabr kuni 5 - APCOPTS konferensiyasining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi. Kunining birinchi yarmi yalpi ma'ruzalarga bag'ishlandi, tushdan keyin esa parallel ilmiy sessiyalar bilan davom etdi.
Men “Biotibbiyotda plazma” (Plasma in Biomedicine) sessiyasida taqdimot qildim va shuningdek, ushbu sessiyaga raislik qilish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Munozaralar davomida biz plazma texnologiyalarining tibbiyot va qishloq xo‘jaligida qo‘llanilishi bo‘yicha yangi ilmiy natijalar bilan tanishdik.
