Institutimiz rahbariyati Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institutiga tashrif buyurdi.













2024-yil 21-oktabr kuni institutimiz direktori Jamoliddin Razzoqov va direktor o'rinbosari Eldor Karimbayev rektor professor Toxirjon Sultonov taklifiga binoan Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institutiga bir kunlik tashrif buyurdilar. Tashrif davomida ular institutning dala tajriba maydoni, Suv xo'jaligi maktabi va GIS yordamida tashkil etilgan ferma bilan tanishtirildi, u yerda ishlab chiqarish jarayonlarini yaqindan kuzatdilar.
Bundan tashqari, institutning tajriba dalasida issiqxona va baliqchilik hovuzi mavjud bo'lib, dala tajribalari uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Tashrifning keyingi qismida doktorantlar va professorlar ishtirokida ilmiy seminar bo'lib o'tdi.
Seminar davomida Dr. Jamoliddin Razzoqov "Sun'iy intellekt salohiyatidan ilmiy tadqiqotlar va maqolalar yozishda foydalanish" mavzusida master-klass o'tkazdi. Sessiyada ishtirokchilar o'rtasida jonli muhokamalar, savollar va g'oyalar almashinuvi bo'ldi. Tashrif yakunida har ikki tomon qishloq xo'jaligi va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Institutimiz rahbariyati tashrifni yuksak darajada uyushtirgani uchun professor Toxirjon Sultonov va jamoasiga minnatdorchilik bildiradi.