Tabiiy ofatlar xavfini baholash
04 Noy 2024
Tabiiy ofatlar xavfini baholash

"Markaziy Osiyo uchun tabiiy ofatlar xavfini baholash va ularni boshqarish bo'yicha masofaviy o'qitish moduli bilan tanishish" masalalari bo'yicha H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida 30-oktabr kuni uchrashuv tashkil etildi. Ushbu uchrashuvga GLOFCA loyihasi menejeri Allen Simon va YUNESKOning Olmaotadagi vakolatxonasi vakili Altyntomaris Baltabayeva tashrif buyurishdi.


Delegatsiya a'zolari sifatida Glyatsial geologiya markazi xodimlari va "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti "Iqlim o'zgarishlarining qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga ta'sirini baholash" laboratoriyasi mudiri Juliyev Muxiddin Komilovich ham ishtirok etdi.