Atrof muhit muhofazasi faoliyati
Atrof-muhit muhofazasi faoliyati

Joriy yilning 25-oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligida Atrof-muhit muhofazasi faoliyati bo'yicha uchrashuv tashkil etildi. Tadbirdan maqsad har xil darajadagi alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning holatini kuzatish va baholash uchun sun'iy yo'ldosh suratlaridan foydalanish samaradorligini o'rganishdan iborat.


Tadbir ishtirokchilari qatorida "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti "Iqlim o'zgarishlarining qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga ta'sirini baholash" laboratoriyasi mudiri Juliyev Muxiddin Komilovich ham ishtirok etib, o'zining hamkorlik bo'yicha fikrlari bilan bo'lishdi. Tadbirda asosiy vazifalar belgilab olindi. Kelajakdagi hamkorlik yo'nalishlari kelishib olindi.