Asosiy mazmunga o‘tish
39A Qori Niyoziy Street, Tashkent, Uzbekistan info@ifar.uz EN UZ
FATI FATI

Institutimiz bosh ilmiy xodimi S. Shaymatov Xitoy Milliy jamg'armasi tanlovi g'olibi bo'ldi

12 May 2025

12 May 2025
Institutimiz bosh ilmiy xodimi S. Shaymatov Xitoy Milliy jamg'armasi tanlovi g'olibi bo'ldi

Astrofizik kompakt obyektlarning geometriyasi aylanuvchi qora tuynukdan (QT) chetlanishlarni namoyon etishi mumkin, shuning uchun bunday imkoniyatlarni QT taqlidchilarining kuzatuv xossalari orqali o'rganish chinakam muhim vazifadir. Biroq, o'lchovlarning hozirgi aniqligi, ko'plab faraziy obyektlarni istisno qilish imkonini bergan katta muvaffaqiyatga qaramay, hali ham QT ga muqobil turli variantlar uchun ochiq oyna qoldiradi. Bu ushbu muqobillarni QT dan ajratish uchun to'g'ri usullar va kuzatuv metodlarini topishni murakkablashtiradi. Shu sababli, avvalo QT muqobillarining noyob belgilarini ham nazariy, ham kuzatuv nuqtai nazaridan aniqlash muhimdir. Boshqa eng qiziqarli jihat — bu QT energetikasi. Astrofizik QT lar o'ta yuqori energiyali kosmik nurlar kabi nihoyatda kuchli astrofizik hodisalarda asosiy rol o'ynaydi. Buning uchun yuqori energiyali astrofizik obyektlarni quvvatlantiruvchi energiya manbai uchun yangi tushuntirish yoki muqobil modellar turli magnit maydon (MM) topologiyalariga ega bo'lishi mumkin bo'lgan aylanuvchi QT taqlidchilarini hisobga olgan holda mustaqil ravishda taklif etilishi kerak. Biz ushbu hodisani yangi yondashuv yordamida yaqinroq tushunish uchun model ishlab chiqamiz. QT taqlidchilarining kuzatuv kattaliklari QT ni uning muqobillaridan ajratish uchun yangi imkoniyatlar ochish maqsadida analitik va sonli usullar orqali tahlil qilinadi. Yakunda bizning modelimiz mikrokvazarlar, Sgr A* yaqinidagi S2 yulduzi va Event Horizon Telescope (EHT) tomonidan o'ta massiv QT larni tasvirlash bo'yicha zamonaviy kuzatuv ma'lumotlarining eng so'nggi natijalari bilan taqqoslanadi.

Barcha yangiliklarga qaytish