IFAR 2026-yil uchun fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) dasturlariga qabulni e'lon qiladi
2026-yil uchun fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) dasturlariga qabul e'lon qilinadi
Ixtisosliklar quyida
| Ixtisoslik kodi | Nomi |
|---|---|
| 01.04.02 | Nazariy fizika |
| 02.00.04 | Fizik kimyo |
| 03.00.04 | Mikrobiologiya va virusologiya |
| 03.00.12 | Biotexnologiya |
| 05.01.03 | Informatikaning nazariy asoslari |
| 11.00.05 | Atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish |
| 01.03.01 | Astronomiya |
| 05.01.11 | Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt |
茶 Qabul kvotalari:
- DSc: 7 o'rin
- PhD: 13 o'rin
PhD talabgorlari uchun zarur hujjatlar:
1. IFAR direktori nomiga ariza;
2. Tarjimai hol (CV);
3. Pasport nusxasi;
4. Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi;
5. Magistr diplomi (oliy ta'lim muassasasidan);
6. Chet tili bilimi sertifikati (B1 darajasi yoki undan yuqori);
7. Chop etilgan ilmiy ishlar ro'yxati (3.4-shakl) va ularning nusxalari;
8. Davlat stipendiyasi egalari uchun tegishli hujjat nusxasi.
DSc talabgorlari uchun zarur hujjatlar:
1. IFAR direktori nomiga ariza;
2. Tarjimai hol (CV);
3. Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi;
4. Diplom nusxasi (fan nomzodi, PhD yoki oliy ta'lim diplomi);
5. Chet tili bilimi sertifikati (B1 darajasi yoki undan yuqori);
6. Tadqiqot mavzusi bo'yicha ilmiy hisobot va DSc dissertatsiyasining to'liq reja-loyihasi;
7. Chop etilgan ilmiy ishlar ro'yxati (3.4-shakl) va ularning nusxalari.
Topshirish tartibi:
Barcha hujjatlar PDF formatida tayyorlanib, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi orqali topshirilishi kerak:
https://daraja.ilmiy.uz
Hujjat qabul muddati:
2025-yil 5-oktabrdan 5-noyabrgacha
Bog'lanish:
Manzil: Toshkent sh., Mirzo Ulug'bek tumani, Qori Niyoziy ko'chasi, 39A, O'zbekiston
Telefon: +998 (71) 237-09-61
Xarita: Google Maps joylashuvi